09:42 / 25.12.2015
2858

Samyuel Eto′O: Messi va Ronaldu davri tugagach, Neymar birinchi raqamli futbolchiga aylanadi

"Barselona" klubining kamerunlik sobiq hujumchisi Samyuel Eto′O kataloniyaliklarning brazliyalik yosh hujumchisi Neymarning o‘yini rivojlanib borayotgani haqida fikr bildirib o‘tdi.

"Neymarning potensiali juda yuqori. Messi va Ronalduning davri tugagach, uning davri boshlanadi.

Ammo u shuni unutmasligi kerakki, bu holatda unga ko‘p narsa bog‘liq bo‘lib qoladi. U o‘zidagi talantni rivojlantirishda davom etishi va o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi kerak.

Neymar hali 24 yoshda. Men undan 10 yoshga kattaman, ammo u hozirdanoq Braziliya terma jamoasining yetakchisi hisoblanadi.

Menimcha, Neymar o‘z iqtidoriga tayanib hatto 35 yoshli futbolchilarga ham futboldan saboq bera oladi", - deydi Samyuel Eto′O.

Top