18:22 / 25.12.2015
3268

Xodorkovskiy chet el davlatidan siyosiy boshpana so‘rashi mumkin

Rossiyalik muxolif siyosatchi, YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy chet el davlatlarining biridan siyosiy boshpana so‘rashi mumkinligini istisno qilmadi.

“Bu qaror yaqin bir necha kun yoki soat ichida qabul qilinishidan shubham bor. U mazkur masala ustida o‘ylamoqda”, - dedi Xodorkovskiyning matbuot kotibi Kyulle Pispanen.

Eslatib o‘tamiz, Xodorkovskiy Rossiyada Nefteyugansk shahri hokimini o‘ldirishda ayblanmoqda. Shveytsariya hukumati uni Rossiyaga ekstraditsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqidagi gaplar siyosatchini tashvishga solmoqda, shu bois u siyosiy boshpana so‘rash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“Ayni paytda u Londonda”, - ma'lum qildi Pispanen xonim.

Top