00:11 / 26.12.2015
8683

Damashq yaqinida “Jaysh al-Islom” terrorchilik guruhi yetakchisi yo‘q qilindi

Suriyada Damashqning sharqiy qismi yaqinida harakatlanuvchi eng yirik terrorchilik guruhi “Jaysh al-Islom”ning yetakchisi Zaxran Allush va yana yetti nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilindi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligiga Suriyaning milliy ko‘ngilli askarlari qo‘mondonligidagi manba.

“Bizning odamlar Allush aviazarba oqibatida yo‘q qilinganini tasdiqlashdi. U bilan birga 7 nafar dala qo‘mondoni va 10 dan ko‘proq jangari ham o‘ldirildi”, deb aytdi manba.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar aniqlangan Otay qishlog‘iga 10 dan ko‘proq aviazarba berilgan, oqibatda bir qator guruhlar yetakchilari yig‘ilishi bo‘layotgan bunker yo‘q qilingan. Allush “Ahror ash-Shom” va “Suqur ash-Shom” terrorchilik guruhlari vakillarini “Jibhat an-Nusra” guruhi boshchiligida Suriya armiyasi va ko‘ngilli askarlariga qarshi jang olib boruvchi koalitsiya tuzish maqsadida ittifoq tuzish uchun yiqqan.

Harbiy razvedka yig‘ilish joyini aniqlab, terrorchilarning harakatlanishini ular Otay qishlog‘iga yetib kelgunicha kuzatishgan va shundan keyin joy koordinatalari harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga yetkazilgan.

“Jaysh al-Islom” asosan Damashqning sharqiy qismi yaqinida, Jo‘bar, Duma va Xrast shaharlarida jang olib boradi.

Top