08:35 / 26.12.2015
4346

Ermatov FIFA hakamlar qo‘mitasining Jahon chempionati-2018ga bag‘ishlangan seminariga taklif etildi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Jahon chempionati-2018da ishlashi mumkin bo‘lgan hakamlar uchun tayyorgarlik doirasidagi seminarga taklif oldi.

2015 yilning 20 noyabrida bo‘lib o‘tgan majlisida FIFA hakamlar qo‘mitasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlarning taxminiy ro‘yxatini ma'lum qilgan edi.

Ushbu mundialga tayyorgarlikning bir bosqichi sifatida qo‘mita o‘sha ro‘yxatdagi hakamlar uchun 2016 yilning 11—15 aprel kunlari maxsus seminar tashkil qiladi. Unga Osiyo qit'asidan 7 nafar hakam taklif etilgan bo‘lib, ular orasida Ravshan Ermatov ham bor.

O‘quv-tayyorgarlik seminarlari Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. Taklifnomada barcha ishtirokchilar 10 aprelda u yerga yetib borishlari lozim ekani ta'kidlangan.

Top