09:57 / 26.12.2015
3426

Ferrari yonish xavfi mavjudligi uchun qariyb 200ta kabrioletni qaytarib olmoqda

Italiyaning Ferrari kompaniyasi o‘zining Shimoliy Amerikadagi filiali orqali past bosimli yonilg‘i quvurilari noto‘g‘ri payvandlanishidan benzinning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga kelish xavfi mavjudligi sababdan 185ta California T rusumli sportkarini qaytarib olmoqda.

Mazkur tavsiya AQShning Trassalarda harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi tomonidan nashr qilindi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
2016 model yili avtomobillarining eng kam qiymati 230 ming dollar bo‘lib, ular 2015 yilning sentabr-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan. Zarur ehtiyot qismlar dilerlar tomonidan bepul almashtirilib beriladi.

Ferrari kompaniyasidagilarning qayd etishlaricha, mazkur muammo yetkazib beruvchilardan olingan yaroqsiz (brak) ehtiyot qismlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Top