09:21 / 26.12.2015
10284

Fransiyaning Korsika orolidagi masjid ostin-ustun qilindi

Fransiyaning Korsika orolida johillar tomonidan masjid oynalari va mebeli sindirildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Johillar, shuningdek, muqaddas kitoblarni, jumladan Qur'onni yoqib yubormoqchi bo‘lgan.

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals masjidga qilingan bosqinchilikni qoraladi va ibodat uchun mo‘ljallangan joylarni tahqirlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini va bu qonunga xilof ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu johillikni kichik namoyishchilar guruhi amalga oshirgan. Ular noma'lum odamlar shoshilinch xizmatlarning uch xodimiga hujum qilganidan keyin Ayachcho shahri ko‘chalariga norozilik bildirib chiqishgan.

Top