09:38 / 26.12.2015
4466

Iyeromonax Fotiy “Golos” shousi g‘olibi bo‘ldi

Rossiyada “Golos” shousining to‘rtinchi mavsumida Grigoriy Leps jamoasidagi iyeromonax (ruhoniylik rutbasini olgan monax) Fotiy g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni Aleksandr Gradskiy tarbiyalanuvchisi Mixail Ozerov qo‘lga kiritdi.

Polina Gagarina jamoasidagi Olga Zadonskaya uchinchi o‘rin bilan cheklangan bo‘lsa, Basta jamoasidagi Era Kann finalning so‘nggi o‘rni bilan kifoyalandi.

“Golos” shousi Rossiyaning Birinchi kanalida 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan uch mavsumda Gradskiyning shogirdlari — Dina Garipova, Sergey Volchkov va Aleksandra Vorobyova g‘olib bo‘lgan.

Top