21:21 / 26.12.2015
5745

O‘zbekiston FVV Qamchiq dovonida qor yog‘ishidan ogohlantirdi

Qamchiq dovonida 27 dekabr kuni vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda, «O‘zgidromet» ma'lumotlariga asoslanib, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirmoqda.

«A-373 «Toshkent — O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 26—27 dekabr kunlari qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Qayd etilgan kunlarda Qamchiq dovonida havo harorati -10 darajagacha pasayishi, shamolning tezligi soniyasiga 30 metrgacha kuchayishi, tuman tushishi, noqulay ob-havo sharoiti sabab ko‘rish uzoqligi 50—100 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

Top