14:43 / 26.12.2015
17863

Rasman: almashtirilmagan pasport uchun jarima solinmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kirish va chiqish hamda fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi yil oxiriga qadar biometrik pasport olishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmasligini rasman tasdiqladi.

“2015 yilning 31 dekabridan keyin nobiometrik pasportni biometrik pasportga almashtirishda, nobiometrik pasport muddati o‘tib ketmagan taqdirda, jarimaga tortilmaydi”, - deya javob bergan IIV KChFRB boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev Gazeta.uz sayti savoliga javob berar ekan.

Ayni paytgacha pasportlarni almashtirish muddatini uzaytirishni ko‘zda tutgan normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani yo‘q.

Top