11:09 / 26.12.2015
11321

«Samsung» va «KOICA» TATU talabalari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazdi

2015 yil 25 dekabr kuni Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi va «KOICA» xalqaro agentligi hamkorligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy filiallari talabalari o‘rtasida dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Samsung» kompaniyasi va «KOICA» xalqaro agentligining O‘zbekistondagi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etishdi.

Dasturiy ta'minot yaratish bo‘yicha musobaqa axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasining 3 ta yo‘nalishi: “Mobil ilovalar - mobil dastur ishlab chiqish”, “C++ dasturlash tilida-dastur ishlab chiqish” va “Beb dizayn-veb sayt ishlab chiqish” bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlov sentabr oyining boshidan 30 noyabrgacha davom etdi. Shu davr davomida TATU va uning hududiy filiallaridagi talabalari tomonidan 382 ta loyiha taqdim etilib, ular orasidan 92 tasi yaxshi baholandi.
Tanlov g‘oliblari «Samsung» kompaniyasi va «KOICA» Halqaro Agentligi xamda TATU tomonidan taqdirlandi (1-o‘rin: Samsung S6 edge, 2-o‘rin: Samsung Galaxy Tab S, 3 va 4-o‘rin: Samsung Galaxy Tab 4, 5-o‘rin: Samsung Galaxy K)
Yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov g‘oliblari quyida keltirilgan.

1. “C++ dasturlash tilida-dastur ishlab chiqish” yo‘nalishi bo‘yicha:
5-o‘rin Axborov Axbor, loyiha nomi “English life test”
4-o‘rin Abbosxonov Zoxid, loyiha nomi “Funny English”
3- o‘rin Nabijonov Azamjon, loyiha nomi “MEDKOMPLEKS”
2- o‘rin Qurbonov Yo‘ldoshboy, loyiha nomi “Brisk-Boy”
1- o‘rin Hamrayev Dilshod, loyiha nomi “TTD and COT”

2. “Veb dizayn-web sayt ishlab chiqish” yo‘nalishi bo‘yicha:
4-o‘rin Sa'dullayev Asilbek, loyiha nomi “Effect stade”
3- o‘rin Shukurov Xurshid, loyiha nomi “Kids English”
2- o‘rin Maxmadaliyev Izzat, loyiha nomi “Elektron hujjat almashish”
1- o‘rin Samadov Sardor, loyiha nomi “System of TUIT”

3. “Mobil ilovalar- mobil dastur ishlab chiqish” yo‘nalishi bo‘yicha”
5-o‘rin Sharipov Shoxrux, “Cutie Birds” loyihasi
4-o‘rin Xamidov Shavkat “Kor-uz” loyihasi
3- o‘rin Alimov Ikromxo‘ja va Babadjanov Mansurbek, loyiha nomi “Happy Letters”
2- o‘rin Islomov Sardor va Masharipov Farrux, loyiha nomi “Homila davri”
1- o‘rin Yoqubjonov Islomjon va Nabijonov A'zamjon, loyiha nomi “Yo‘l harakati qoidalari”
Alisher Abdullayev

Top