17:44 / 26.12.2015
3495

Toshkentda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 21-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan edi.
Muzokaralar samarali va konstruktiv oqimda, an'anaviy hamjihatlik ruhida va do‘stona sharoitda bo‘lib o‘tdi.

Top