22:34 / 26.12.2015
3682

Xitoyda zararli chiqindilar tufayli 17 mingta korxona yopib qo‘yildi

Xitoy hukumati tekshiruvlar vaqtida 2015 yil davomida atrof-muhitga zararli chiqindilarni muntazam ravishda eng maksimal darajadan ko‘proq chiqarib kelgan 17 mingtaga yaqin korxonani yopib qo‘ydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyning milliondan ko‘proq kompaniyasi tekshiruvdan o‘tgan. Ta'kidlanishicha, ba'zi tekshiruvlar fuqarolarning iltimosi bilan amalga oshirilgan.

Joriy yilning dekabrida Pekinda birinchi marta tutun tufayli xavfning “qizil” darajasi e'lon qilingan. Shu tufayli Xitoyda maktablar yopilgan, qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan. Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun Pekin hukumati avtomobillar oqimini vaqtinchalik 2 barobarga kamaytirgan. Biroq qabul qilingan choralar qisqa muddat ta'sir qilgan va shu tufayli dekabr o‘rtasida Pekinda yana xavfning “qizil” darajasi e'lon qilingan.

OAVlar tutunning paydo bo‘lishiga ko‘mirda ishlovchi ko‘plab korxonalarning chiqindilari, isitish tizimlari hamda qurilish changi sabab bo‘layotganini ma'lum qildilar.

Top