21:30 / 27.12.2015
3566

Aktyor Sasha Baron Koen suriyalik qochqinlarga 1 mln dollar ehson qildi

Britaniyalik aktyor Sasha Baron Koen o‘zining rafiqasi Ayla Fisher bilan birga suriyalik qochqinlar farzandlariga yordam sifatida 1 mln dollar ehson qildi, deb xabar bermoqda Evening Standard nashri.

“Koen va uning rafiqasi Suriyada bolalarni qizamiqdan emlash dasturiga 500 ming dollar ehson qildi. Ular shuningdek Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Devid Miliband asos solgan Xalqaro qutqarish qo‘mitasiga 500 ming dollar ehson qildi”, deb yozmoqda nashr.

Emlash dasturining rahbari Jastin Forsayt hayr-ehson uchun aktyorga minnatdorchilik bildirdi.

Top