Benin bosh vaziri Lionel Zinsu bo'lgan vertolyot mamlakatning shimolidagi Jugu shahrida qattiq qo'nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, hech kim jabrlanmagan. Ta`kidlanishicha, voqea vyortolyotning shahar stadioniga qo'nayotganida yuz bergan. Ayni paytda voqea tafsilotlari haqida hech narsa ma`lum emas.

Bosh vazir qizi Mari-Sesil Zinsu o'z tvitterida otasi va vertolyotdagi boshqa yo'lovchilar jabrlanmaganini tasdiqladi.