17:51 / 27.12.2015
3915

Eron prezidenti: Suriyaning kuchsizlanishi mintaqa davlatlari manfaatlariga zid keladi

Suriyaning kuchsizlanishi mintaqa davlatlari va butun islom olami manfaatlariga zid keladi. Bu haqda yakshanba, 27 dekabr kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronda bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi 29- xalqaro konferensiyasidagi chiqishida ma'lum qildi.

“Suriyaning ojizlanishi islom dunyosi va qo‘shni musulmon davlatlar manfaatlariga xizmat qiladimi? Suriyaning vayron bo‘lishi Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar yoki Birlashgan arab amirliklarining kuchayishiga olib keldimi?” – deya o‘rtaga savol tashladi Eron prezidenti.

“Dunyodagi 84 foiz zo‘ravonlik, terror va qotillik, afsuski, islom davlatlarida, Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyoda sodir bo‘limoqda”, - deya davom ettirdi Ruhoniy. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu islom davlatlari siyosati yanada mas'uliyatliroq bo‘lishi lozimligini anglatadi.

Top