19:55 / 27.12.2015
30576

Farg‘onalik qiz kelinoyisini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Farg‘ona sudi kelinoyisini chopib o‘ldirgan qizning ishini ko‘rib chiqdi. Tergovchilar tomonidan aniqlashtirilgan voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.

Aytilishicha, Xolxo‘ja Soibov ismli erkakning o‘g‘illari Xolmatjon va Rahmatjon Rossiyaga ishlagani ketishgan. Xolmatjonning rafiqasi Salima Umarova qaynota va qaynonasi bilan uyda qolgan. Ammo bir necha oylardan so‘ng qayin singlisi Nasiba bilan kelishmay qolgan. Ular deyarli har kuni janjallasha boshlagan.
Bir kuni Nasiba 4 yoshli jiyanini urgani tufayli navbatdagi janjal kelib chiqqan. Shu voqeadan so‘ng kelinoyisidan o‘ch olishga qaror qilgan Nasiba ota-onasi boshqa ish bilan band bo‘lishini poylab turib, qo‘liga bolta olgan hamda Salima o‘g‘li bilan uxlab yotgan xonaga kirib kelgan.

Qiz kelinoyisining dastlab ko‘kragiga, so‘ng bo‘yniga va yuziga zarba bergan. Cho‘chib uyg‘onib ketgan 4 yoshli bolakay tashqariga qochib ketgan. Nasiba bolta bilan uning ketidan quvib, yeta olmagan.
Shovqinni eshitib ko‘chaga chiqqan Xolxo‘ja Soibov bo‘lib o‘tgan ishlarni ko‘rib dahshatga tushgan. Nasiba boltani tashlab, qo‘shni uyga qochib ketgan; qo‘shni ayol uning yuziga suv sepib tinchlantirgan. Nasiba o‘sha kech hovli yonidagi makkazorda tong ottirgan. Kelasi kuni sahar soat beshlarda uni ushlab, tuman IIBga olib ketishgan.
Sud qarindoshining umriga zomin bo‘lgan Nasiba Soibovani uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qildi.

Top