17:42 / 27.12.2015
4197

Mourino Ispaniyaga qaytishi mumkin

"Real" jamoasi prezidenti Florentino Peres ayni vaqtda ishsiz qolgan Joze Mourinoni Madridga qaytarmoqchi. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar qilgan.

Xabar qilinishicha, Peres Mourinoga aniq taklif bilan chiqqan.

O‘tgan haftada katta shov-shuvlar bilan "Chelsi"dan iste'foga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"da Lui van Gaalning o‘rnini egallashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Ayni vaqtda "Real" muxlislari jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesning ishdan ketishini talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino 2010-2013 yillarda "Real"da bosh murabbiy sifatida ishlagan va Ispaniya chempionatini, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Top