12:33 / 27.12.2015
6993

OAVda "Chelsi"ning keyingi murabbiyi kim bo‘lishi aytildi

"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiy Manuel Pellegrini mavsum yakunida Londonning "Chelsi" jamoasida ish boshlashi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, chililik bu mutaxassis yozda o‘z o‘rnini Xosep Gvardiolaga bo‘shatib bergach, hozirda "Chelsi"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Guus Xiddinkning o‘rnini egallaydi.

Ma'lumot uchun, Pellegrini o‘z vaqtida "Real" jamoasida ishlagan. U madridliklar safidan "Manchester Siti"ga o‘tgach, bu jamoa bilan Angliya chempioni va Angliya Kubogi sohibiga aylanadi.

U faoliyat ko‘rsatgan jamoalar qatorida "San-Lorentso", "River Pleyt", "Vilyarreal" va "Malaga" jamoalari bor.

"Chelsi" rahbariyati Pellegrini uslubini Mourino uslubi bilan taqqoslagan holda, uni afzal ko‘rgan.

Bundan oldinroq, "Bavariya"dan mavsum yakunida ketishini ma'lum qilgan Xosep Gvardiola "Chelsi"ga kelishi haqida ham xabar paydo bo‘lgandi.

Top