09:59 / 27.12.2015
4482

"Real" muxlislari Benitesni aeroportda kutib olishdi va undan iste'fo talab qilishdi

"Real" klubi muxlislari bosh murabbiy Rafael Benitesdan iste'fo talab qilishda davom etishdi.

Benites rojdestvo bayramini Liverpuldagi uyida kutib olgan va kecha Madridga qaytib kelgan. Aeroportda uni "Real"ning ko‘p sonli muxlislari kutib olishgan va uning iste'fosini talab qilishgan.

Benites ularning oldida to‘xtagan va ularni eshitgan, lekin hech qanday javob qaytarmagan va jo‘nab ketgan.

Top