18:38 / 27.12.2015
3238

Saudiya Arabistonida besh nafar Qozog‘iston fuqarosi terrorizmda ayblanib qo‘lga olindi

Saudiya Arabistoni xavfsizlik organlari besh nafar Qozog‘iston fuqarosini terroristik tashkilotlariga qo‘shilishga harakat qilishda ayblab qo‘lga oldi, deya xabar qilmoqda Saudiya Arabistonining "Al-Jazira" nashri xususiy axborot manbasiga asoslangan holda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, gumondorlar maxsus amaliyot vaqtida hech qanday qarshiliklarsiz qo‘lga olingan. Bu Saudiya Arabistonida Qozog‘iston fuqarolarining terrorizmda ayblanib ilk marotaba hisbga olinishidir.

Qirollik maxsus xizmatlari so‘nggi ikki hafta davomida 75 kishi terroristik tashkilotlarga qo‘shilish uchun harakat qilishda ayblanib qo‘lga olingan. Ularning yarmidan ko‘prog‘i Saudiya fuqarolari bo‘lsa, qolganlari Suriya, Pokiston, Qozog‘iston, Hindiston, Yaman, Misr, Falastin, Iordaniya, BAA va AQSh fuqarolaridir.

Top