17:40 / 28.12.2015
7029

2015 yilda internet tarmoqlarida eng ko‘p yuklab olingan filmlar o‘nligi tuzildi

«Forsaj 7» kinokartinasi 2015 yilda internet tarmoqlarida eng ko‘p yuklab olingan film bo‘ldi. Bu haqda Exipio kompaniyasi olib borgan tadqiqotlarga asoslanib, Variety nashri xabar tarqatmoqda.

Vin Dizel, Pol Uoker, Jyeyson Steytem va Dueyn Skala Jonson kabi aktyorlar rol ijro etgan «Forsaj»ning yettinchi qismi legallashtirilmagan talqini internet orqali 44,8 million marta ko‘chirib olingan. Ikkinchi o‘rinda qayd qilingan «Qasoskorlar: Altron erasi» filmi 42 million marotaba ko‘chirilgan. Uchinchi o‘rinda deyarli 37 million marta yuklanib olingan «Yura davri dunyosi» filmi joylashgan.

To‘rtinchi o‘rindagi «Mad Max: Fury Road» (Telba Mak: G‘azab yo‘li) 36,5 million marta yuklangan. Beshinchi o‘rinda — «Kulrangning 50 jilosi» (32 million marta yuklangan) filmi joylashgan.

Exipio reytingida 2014 yilda suratga olingan bir qator kinolar ham joylashtirilgan. «Interstellar» ikki yilda 46,8 million marta, «Amerikalik snayper» — 33,9 milliona marta yuklab olingan.

Variety sharhlovchilari 2015 yilda “qaroqchilik” yo‘li bilan tarmoqlarga joylashtirish surati o‘sganiga alohida e'tibor qaratgan. 2013 yilda shu yo‘l bilan eng ko‘p yuklab olingan «Uoll-strit bo‘risi» kinosi (30 mln. marta), 2015 yilgi reytingning kuchli o‘nligiga ham kira olmaganini taqqoslab o‘tgan.

Top