20:48 / 28.12.2015
3761

Alisher Usmonov “Megafon” va “Yota” yaqin 2 yil ichida birlashishi mumkinligini aytdi

Rossiyaning “Megafon” va “Yota” kompaniyalari yaqin 2 yil ichida birlashishi mumkin, deb aytdi “Rossiya 24” telekanaliga “Megafon”ning asosiy egasi Alisher Usmonov.

“Yota’ni sotib olish bilan biz LTE’ning kelajak texnologiyalari uchun anchagina mustahkamlik zaxirasini, chastota resursini oldik. Bugungi kungacha “Megafon” va Yota alohida bo‘lgan. Ikki kompaniya izchillik bilan rivojlanib borgan. “Megafon”ga bu og‘irroq kechgan, chunki bozorda raqobat katta. Yota infratuzilmasini yaxshiladi. Endi Yota sho‘'ba korxona sifatida “Megafon” infratuzilmasidan foydalanishi mumkin”, deb aytdi Usmonov.

Usmonovning aytishicha, keyingi bosqich bu kompaniyalarning “Megafon” infratuzilmasida birlashishi bo‘ladi.

“Birlashish jarayoni katta hajmdagi axborot va uni uzatishning katta tezligini qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan katta chastota resursi kiritilgan mablag‘larni qaytarishda va loyihaning daromad qismini olishda katta rol o‘ynaydi. Bugun bozorning rivojlanishiga ko‘ra, ikki yildan keyin muayyan natijaga ega bo‘lamiz”, deb hisoblamoqda Usmonov.

“Megafon” “Skartel”ni (Yota brendini) 1,126 mlrd dollarga Garsdale xoldingidan sotib olgan. Yota “Skartel” va “Megafon”ning birlashgan tarmog‘ida 2G/3G/4G tarmoqlarda federal qoplashni ta'minlaydi hamda ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatini ko‘rsatadi.

Top