20:03 / 28.12.2015
3440

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning Suriya va Iroqdagi bazalariga 37ta havo zarbasi yo‘lladi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriya va Iroq hududidagi IShID bazalariga 37 marta havodan zarba berdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, zarbalarning 21tasi Iroqdagi shaharlar bo‘ylab (shundan 3 marta Ramadi shahri atrofida) yo‘llangan. Bu shahar bugun Iroq harbiylari tomonidan IShIDdan ozod etildi.

Shuningdek, koalitsiya samolyotlari Suriya osmoni uzra uchib, mamlakat shimolidagi Manbij shahri yaqinida 11ta, Hasaka, Raqqa va Marya shaharlarida esa jami 5ta zarbani amalga oshirgan.

Bu zarbalar jangarilarning mashg‘ulot binolari va boshqa punktlarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi koalitsiyani sustlikda ayblab, ularning harakati faqat so‘zda ekani, amaliy ishlar kuzatilmayotgani haqida aytib chiqqandi.

Top