14:25 / 28.12.2015
4245

Dvorkovich Rossiyaning Turkiyaga nisbatan sanksiyalari kengaytirilishini ma'lum qildi

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida Rossiya Turkiyaning nodo‘stona xatti-harakatlariga javob berish uchun ularga nisbatan belgilangan chora-tadbirlarni kengaytirishini qayd etib o‘tdi.

«Bizda Turkiya bilan hamkorlikni rad etish bo‘yicha hech qanday topshiriq yo‘q. Biz shunchaki Turkiyaning nodo‘stona munosabatiga xolisona javob qaytarish kerak deb hisoblaymiz va bir necha kun oldin bunday javobni berishni boshladik. Mazkur harakatlarimiz bo‘yicha hukumat rahbarlari yig‘ilishida e'lon qilingan. Biz bosqichma-bosqich bu yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak. Hozircha bu vaziyatga noxolis yondashib bo‘lmaydi. Men Rossiya prezidenti gaplarini nazarda tutmoqdaman», — dedi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar ko‘rish bo‘yicha Farmonni imzolagan. Hujjat amalda Turkiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanganini ko‘rsatadi. Endilikda mamlakatda Turkiya mahsulotlari kirishi va turkiyaliklarning Rossiya hududida ishlashi taqiqlanadi.

Top