07:34 / 28.12.2015
8862

Erdo‘g‘an: Rossiya bilan munosabatlar hali to‘liq uzilmagan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya bilan munosabatlar hali to‘liq uzilmaganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizning Rossiya bilan munosabatlarimiz to‘liq uzilmagan. Men doimo ikki davlat diplomatik aloqalarni uzmasligi kerakligini aytib kelaman”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar turli sohalarda, jumladan energetika va savdo sohalarida saqlanib qolgan.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni tiklash uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganini ma'lum qilgandi.

Top