12:42 / 28.12.2015
4744

Gvardiola o‘zi istagan de Bryuyneni emas, Kostani transfer qilishgani uchun «Bavariya»dan ketishga qaror qilgan

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rahbariyati bilan jamoaning transfer siyosati bo‘yicha kelisha olmagani uchun shartnomasini uzaytirishni istamagan.

Bild nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yozda «Bavariya» rahbariyatidan Pol Pogba, Marko Verratti, Eden Azarni, shuningdek Kevin de Bryuyne yoki Rahim Sterlingdan birini sotib olishni so‘ragan.

Biroq klub rahbariyati bu takliflarni rad etgan va Duglas Kosta, Kingsli Koman va Arturo Vidalni sotib olishni ma'qul deb topgan.

Gvardiola esa 2016 yilning yozidan Kevin de Bryuyne va Rahim Sterling faoliyat ko‘rsatayotgan «Manchester Siti»da ish boshlashi kutilmoqda.

Top