20:55 / 28.12.2015
4293

Pagani Huayra`ning birinchi nusxasi savdoga qo‘yildi

001 raqamli shassi asosida bunyod etilgan Pagani Huayra superkarining noyob nusxasi savdoga qo‘yildi. Saudiya Arabistonida turgan avtomobilning savdosini Seven Car Lounge kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Avtomobil 2013 yilda ishlab chiqarilgan. Ayni paytgacha superkar 3600 kilometr masofani bosib o‘tgan. Pagani Huayra`ning birinchi nusxasi narxi faqatgina layoqatli xaridorga ma'lum qilinadi.

Pagani Huayra Registry ma'lumotiga ko‘ra, superkar Qatarning nomi oshkor qilinmagan fuqarosiga tegishli edi. Keyin esa Pagani Automotive mulkiga aylandi. Ushbu avtomobilni bir necha marotaba London va Italiyada ko‘rishgan.
Huayra`ning umumiy adadi 100tani tashkil etadi. Ularning barchasi 2015 yil avvaliga qadar sotib bo‘lingan.

Pagani superkari Mercedes-AMG tomonidan ishlab chiqilgan olti litr hajmli benzin bilan harakatlanuvchi V12 turbomotori bilan ta'minlangan. Agregatning quvvati 700 ot kuchiga teng bo‘lib, qo‘zg‘alish joyidan 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 3,3 soniya talab qilinadi. Modelning eng yuqori tezligi soatiga 370 kilometrdan iborat.

Ikki eshikli avtomobil 2011 yilda namoyish qilingan. Yangi superkarning qiymati 2 million dollar atrofida.

Top