13:50 / 28.12.2015
2969

Qirg‘izistonda jurnalistga uyushtirilgan hujum taftishini IIV rahbarining o‘zi nazoratga oldi

Qirg‘iziston IIV rahbari Melis Turg‘anbayev 24kg axborot agentligi jurnalisti Darya Podolskayaga uyushtirilgan hujum yuzasidan olib borilayotgan tekshirish ishlarini o‘z nazoratiga oldi, deb xabar beradi agentlik.

26 dekabr kuni Darya Podolskaya unga hujum uyushtirilgani yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilgan edi. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda, lekin hozircha kim va nima maqsadda bu ishni amalga oshirgani noma'lumligicha qolmoqda.

Top