11:17 / 28.12.2015
9558

Qirg‘izistonda maxsus harbiy xizmatchi serjantni otib qo‘ydi

Qirg‘iziston Milliy Gvardiyasi harbiy xizmatchisi o‘z hamkasbiga o‘t ochib, uni o‘ldirdi. Yana bir harbiy xizmatchi uning o‘qlaridan jarohatlangan. Bu haqda TASS nashri gvardiyadagi manbaga asoslanib, xabar tarqatgan.

"Bu voqea 27 dekabr kuni tunida sodir bo‘lgan. O‘t ochgan harbiy tungi qorovullikni o‘tayotgan bo‘lgan va uning harakati asosli edi", deydi manba.

Halok bo‘lganlardan biri harbiy qismning "Pantera" bo‘limi serjanti bo‘lgan. Ikkinchi serjant esa 3ta o‘q yeb, jarohatlangan. Ayni vaqtda u og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.

Ayni vaqtda tergovchilar bu hodisa bo‘yicha tekshiruv olib borishmoqda.

"Halok bo‘lgan serjant bizning eng yaxshi serjantlarimizdan biri edi. Aynan u harbiylarni maxsus tadbirlar uchun tayyorlagan", deydi manba.

Maxsus "Pantera" bo‘limi Qirg‘iziston milliy gvardiyasining elita bo‘limi hisoblanadi.

Top