17:20 / 28.12.2015
2952

Qo‘shko‘pirda spirtli ichimliklarni noqonuniy sotayotgan oshxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi Qatag‘on qishlog‘ida spirtli ichimliklarni qonunga xilof ravishda sotayotgan tamaddixona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Muassasadan sotuvga qo‘yilgan 76 shisha aroq, 45 shisha vino, 150 shisha pivo, 2 turdagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Tergov jarayonida muassasa egasi ushbu mahsulotlarni yetkazib bergan shaxslarning nomini keltirdi. Buning natijasida Urganch shahrida tashkil etilgan noqonuniy sex fosh etildi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top