11:36 / 28.12.2015
3418

Sankt-Peterburgda Santa-Klaus libosidagi shaxslar tunda 7ta avtomobilni yoqib yubordi

28 dekabr, dushanba kuniga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 13 dona avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FlashNord nashri mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, shaharning Kultura, Bogatirsk va Energetik shohko‘chalarida, shuningdek Pulkovsk ko‘chasida mashinalar yoqib yuborilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi bergan ma'lumotga ko‘ra, Santa-Klaus bosh kiyimidagi ikki nafar fuqaro avvaliga mashinalar ustiga benzin sepgan va keyin ularga o‘t qo‘ygan. Yettita avtomobildan to‘rttasi tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan.

Top