18:24 / 28.12.2015
23868

Tarmoqda Andijon shahri ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan Ravon Nexia suratlari paydo bo‘ldi

Feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida Andijon shahri ko‘chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan T250 bazasidagi Ravon Nexia avtomobilining suratlari e'lon qilindi.

Suratlardan ko‘rinib turibdiki, yorqin yashil rangdagi GM Uzbekistan’ning yangi mahsulotining old va orqa qismi qora rangli mato bilan to‘silgan. Davlat raqami o‘rniga esa QAP yozuvi qayd etilgan lavha o‘rnatilgan.

Ma'lumot uchun, Ravon Nexia avtomobilining namoyishi 2015 yil 8 oktabrida bo‘lib o‘tgan edi. Yangi model 2016 yilning bahoridan savdoga chiqariladi.

Top