23:18 / 29.12.2015
2840

Afg‘oniston prezidenti 2016 yilda parlament saylovi bo‘lishini ma'lum qildi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy parlament va mahalliy kengashga saylovlar 2016 yilda bo‘lishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Parlament va mahalliy saylovlar keyingi yilning yozida yoki kuzida bo‘lib o‘tadi”, deb aytdi Ahmadzoy.

Ahmadzoyning aytishicha, saylovlarning aniq sanasi keyinroq mustaqil saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.

Afg‘oniston parlamentining vakolati 2015 yilning 22 iyunida tugagan, biroq saylovlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan, ovozlarni hisoblash odillik bilan o‘tishiga ishonchsizlik va mamlakatdagi beqaror vaziyat sababli boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qilingan.

Top