12:24 / 29.12.2015
4580

«Barselona»ning 2 futbolchisiga Angliya grandlaridan taklif berildi

«Barselona» jamoasining yosh futbolchilari yarim himoyachi Serji Samper va hujumchi Sandro Ramires qishki transferlar vaqtida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, «Arsenal» jamoasi Samperni xarid qilish maqsadida kataloniyaliklar rahbariyatiga 6 million yevro taklif qilgan. 20 yoshli bu futbolchi uchun jamoa 12 mln yevro narx belgilab qo‘ygan.

Nashrning yozishicha, Londonning yana bir jamoasi «Tottenhem» «Barselona»ning boshqa bir yosh vakili Sandro Ramiresning xizmatiga qiziqish bildirmoqda. «Shporlar» 20 yoshli bu hujumchi uchun 12 mln yevro to‘lab, u bilan 4,5 yillik shartnoma tuzishni rejalashtirishgan. «Shporlar» «Barselona»da hujumchini qayta sotib olish huquqi bo‘lishini istashmayotgani aytilgan.

Top