14:06 / 29.12.2015
5107

CNN suxandoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida hushidan ketib qoldi

AQShning CNN telekanali suxandoni Poppi Xarlou dushanba kungi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida hushidan ketib qoldi.
Ilgari 33 yoshli jurnalist homilador ekanligi ma'lum bo‘lgan edi.

Efir chog‘ida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma natijalarini o‘qib eshittirayotgan Xarlou kutilmaganda so‘zini yo‘qotib qo‘ydi, so‘ng uning ux tortgani eshitildi va ekran bir necha soniyaga qoraytirildi.

Bir muddatdan so‘ng efirga qaytgan suxandon Twitter’da uning ahvolini muhokama qilishga ulgurgan teletomoshabinlarga minnatdorchilik bildirdi.
“Twitter’da ahvolimni so‘ragan barchaga kattakon rahmat. Mening biroz mazam qochdi va bir soniyaga hushimni yo‘qotdim”, - dedi u.

Top