21:32 / 29.12.2015
3560

Ikkinchi avlod Google Glass’ning ilk fotolari e'lon qilindi

Internetda ikkinchi avlod Google Glass virtual reallik ko‘zoynaklarining ilk fotolari e'lon qilindi, deb xabar beradi The Verge nashri. Suratlar AQSh federal aloqa komissiyasi saytida chop etildi. Suratlardan ma'lum bo‘lishicha, ikkinchi avlod ko‘zoynaklari oddiy muqobillari singari buklanadigan qilib ishlangan.

Gadjyetning boshqa taraflari o‘zgarishga uchramagan. Birinchi avlodga nisbatan ancha tezkor va mukammal Intel protsessorlari, katta hajmdagi akkumulyator va yaxshilangan kamera ko‘zoynak qurilmalari ichida bor. Gadjyet Wi-Fi va boshqa zamonaviy simsiz aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

2015 yil yanvarida Google birinchi avlod ko‘zoynaklari ishlab chiqarilishi to‘xtatilishini e'lon qilgan edi.

Top