00:35 / 29.12.2015
7438

O‘zbekiston bojxonachilariga yangi post binosi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qoraqalpog‘iston” posyolka fuqarolar yig‘ini hududidagi “Dovud ota” bojxona postining rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Kogonneftgazenergoservis” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan ta'mirlangan inshoot zamonaviy nazorat qurilmalari bilan to‘liq jihozlandi.

– Bu yerda bojxonachilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi katta inspektori Polvon Mang‘itov. – Yengil va yuk avtomashinalarini skaner qiluvchi nazorat qurilmalari o‘rnatildi, bojxona posti xizmati faoliyati yanada takomillashtirildi. Ilgarigidek uzoq navbat kutib qolish holatlariga barham berildi.

Ayni paytda fuqarolar yig‘ini hududida bojxonachilar uchun qurilgan 32 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar joy binosining foydalanishga topshirilishi soha xodimlari uchun Yangi yil bayramiga tuhfa bo‘ldi. 7 milliard 222 million so‘mlik qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari bajarilgan turar joy binosida yashash uchun barcha qulayliklar mavjud.

 

Top