18:23 / 29.12.2015
8722

O‘zbekiston sporti 2015 yilda: yilning eng muhim hodisalari raqamlarda

Ortimizda qolayotgan 2015 yil yurtimiz sportchilari uchun ham katta muvaffaqiyatlar, yutuq va g‘alabalarga boy bo‘ldi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi Axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yil davomida o‘tkazilgan 297 ta xalqaro tadbirda (shundan 71 tasi o‘quv-mashg‘ulotlari yig‘ini) jami 2320 nafar (shundan 714 nafari qizlar) sportchi ishtirok etib, 311 ta oltin, 274 ta kumush, 276 ta bronza, jami 861 ta medalni qo‘lga kiritishga musharraf bo‘ldilar.

***

Yurtimizda 7 985 ta ommaviy sport tadbiri o‘tkazilib, ularga 1,6 mln nafardan ortiq ishtirokchi jalb etildi. Mazkur sportchilarning 679,7 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etdi. 2014 yilga nisbatan tadbirlar soni 13,8 foizga, ishtirokchilar soni 8,8 foizga, qizlar ishtiroki esa 9,5 foizga o‘sgan.

***

Xozirga qadar 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga 50 ta yo‘llanma qo‘lga kiritildi (yengil atletika 7 ta, boks 5 ta, erkin kurash 1 ta, yunon-rum kurashi 1 ta, suzshi 1 ta, baydarka va kanoeda eshkak eshish 5 ta, og‘ir atletika 5 ta, taekvando WTF 1 ta, paralimpiya 24 ta).

***

Toshkent shahrida Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati; Badiiy gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi sport majmuasida Badiiy gimnastika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi hamda “Happy Caravan” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

***

18 iyul kuni Toshkent shahrida Xalqaro xavaskorlar boks assotsiatsiyasining 2-sikl ey-pi-bi yo‘nalishi bo‘yicha musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Xurshid Tojiboyev rossiyalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

***

19 sentabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro xavaskorlar boks assotsiatsiyasining 3-sikl ey-pi-bi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Xurshid Tojiboyev Qozog‘istonlik Berik Abdurahmonovni 12 raundlik jangda mag‘lub etib, ey-pi-bi yo‘nalishi kamarini qo‘lga kiritdi.

***

18-19 iyul kunlari Toshkent shahrida tennis bo‘yicha Devis kubogi o‘tkazildi. Devis kubogi musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya milliy terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

***

18 sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya Kengashining 34-Bosh Assambleya yig‘ilishida dunyoning 80ga yaqin davlatidan 600 nafardan ziyod vakillar ishtirokida 2017 yili Ashxabod shahrida yopiq inshoatlarda o‘tkaziladigan sport turlari va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi va “O‘zbek milliy kurashi” 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari Dasturiga kiritilgani rasman e'lon qilindi.

***

27 avgust - 13 sentabr kunlari Las-Vegas shahri (AQSh) shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha Ixtiyor Navruzov, yunon-rum kurashi bo‘yicha Rustam Assakalov 2-o‘rinni egallab, Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

***

1-3 oktabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan “Gran-pri” xalqaro turnirida 52 ta davlatdan 354 nafar (shundan 155 nafari qizlar) sportchilar qatnashdi. Unda O‘zbekiston Milliy terma jamoa a'zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi Axborot xizmati ma'lumotlari asosida tayyorlandi

Top