16:31 / 29.12.2015
3254

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri AQSh elchisini qabul qildi

2015 yilning 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

Suhbat davomida kirib kelayotgan 2016 yildagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Top