10:35 / 29.12.2015
15547

O‘zbekistondagi banklar 2016 yildan naqdsiz pulga xorijiy valyuta sotish tartibini qattiqlashtirishi haqidagi xabarga raddiya berildi

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ elektron ommaviy axborot vositalarida «KDB Bank O‘zbekiston» AJ xodimi tomonidan 2016 yil 1 yanvardan konversion kartalarga xizmat ko‘rsatish shartnomalari bekor qilinishi va hisobdagi pullar milliy valyutaga o‘tkazishi haqida chop etilgan axborotni qat'iy rad etadi. Bu haqda bank o‘z rasmiy saytida e'lon qildi.

"Qayd etish lozimki, konversion operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga (PQ–1914-son, 2013 yil 30 yanvar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan «Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha ravishda ma'lum qilamizki, «KDB Bank O‘zbekiston AJ» tomonidan 2016 yil 1 yanvardan konversion operatsiyalarni amalga oshirish o‘rnatilgan tartibga asosan davom ettiriladi", deyiladi raddiyada.

Shu tariqa, ayrim chet el axborot resurslarida e'lon qilingan axborot tasdiqlanmadi. Kun.uz tahririyati mazkur tekshirilmagan axborotni olib, qaytadan chop etganidan afsusda ekanligini ma'lum qiladi.

Top