12:16 / 29.12.2015
4063

Rojdestvo kuni AQShda o‘qotar quroldan 27 kishi halok bo‘ldi

AQShda Rojdestvo kuni 27 kishi o‘qotar quroldan halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi, 2 kishi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Gun Violence Archive tashkilotiga tayangan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Maqola muallifining so‘zlariga qaraganda, bo‘lib o‘tgan voqealar “AQShda zo‘ravonlik hech ta'tilga chiqishni istamayotganini ko‘rsatuvchi tashvishli belgidir”. Bir bayram oqshomida AQShda o‘qotar quroldan halok bo‘lganlar soni Avstraliya, Buyuk Britaniya singari davlatlarning yillik ko‘rsatkichiga yetib olgan.

Ta'kidlanishicha, oxirgi bir yil davomida Avstriya, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, Estoniya, Gonkong, Islandiya va Bermud orollarida umumiy hisobda 27 kishi o‘qotar quroldan halok bo‘lgan.

Top