09:21 / 29.12.2015
3192

Whole Foods do‘konlari tarmog‘i tarozidan urgani uchun 500 ming dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi

AQShdagi Whole Foods oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i tarozidan urib xaridorlarni aldagani uchun Nyu-Yorkka 500 ming dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Qayd etilishicha, dastlab shahar hokimiyati 80 ta qadoqlangan mahsulotdan barchasidagi narx va uning og‘irligidagi farq aniqlangan tekshiruvdan keyin do‘konlar tarmog‘idan 1,5 mln dollar tovon puli talab qilgan.

Kompaniya mahsulotlarning ba'zi turlariga, jumladan, mevalar va tayyor buterbrodlarga narxlar xilof ravishda oshirib ko‘rsatilgani holatini tan oldi.

Bu orada shaharning iste'molchilar ishlari bo‘yicha inspektori Juli Meninning aytishicha, Whole Foods do‘konlarini tekshirgan hamkasblari tekshiruv natijalarini “ular o‘z faoliyatlarida uchratgan noto‘g‘ri markirovkalashning eng yomon holati” sifatida baholashgan.

Misol uchun, 8,5 dollarlik qilib tortib sotilgan meva paketi o‘rtacha o‘zining asl narxidan 1,15 dollarga qimmatroq sotilgan.

Top