11:01 / 29.12.2015
2599

Yagona portal orqali yovvoyi hayvonlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun ariza yuborish imkoni paydo bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining yangi xizmati yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun ariza yuborish imkoniyatini beradi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, barcha zarur hujjatlar elektron tarzda Yagona portal orqali yuboriladi. Ushbu xizmatning natijasi bo‘lib maxsus ruxsatnomani olish hisoblanadi.
Xizmat uchun haq to‘lanib, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladi. Xizmatni ko‘rsatish muddati 15 ish kunini tashkil qiladi.

Top