08:26 / 30.12.2015
4411

“Garri Trumen” aviatashuvchi kemasi IShIDga qarshi kurashga qo‘shildi

AQShning “Garri Trumen” aviatashuvchi kemasi IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaning operatsiyasiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati.

AQSh HDK ma'lumotlariga ko‘ra, IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan “Sabotli qat'iyatlik” operatsiyasi doirasida harbiy samolyotlar guruhi aviatashuvchi kemadan ilk parvozlarini amalga oshirdi.

Ta'kidlanishicha, “Garri Trumen” kemasi Iroq va Suriyadagi operatsiyani Fors ko‘rfazi suv hududidan Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasi bilan birga amalga oshirgan.

Top