12:29 / 30.12.2015
3035

Amerikaliklar Berni Sandersning tejamkor klassda uchishini tvitterda qizg‘in muhokama qilishdi

Amerikaliklar tvitter ijtimoiy tarmog‘ida AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasidan nomzod hisoblanuvchi Berni Sandersning faqat tejamkor klassdan foydalanishini olqishlagan holda, uning bunday klassdagi suratlarini maxsus heshteglar bilan joylashtirishish aksiyasini o‘tkazishdi.

Qayd etish kerakki, bu siyosatchi bundan oldin ham AQSh aholisining 1 foizini tashkil etuvchi 1 foiz milliarderlarning shohona hayot kechirishiga nisbatan o‘z e'tirozlarini bildirib o‘tgandi. Nashrning yozishicha, u bunday shaxslar bilan yuqori toifali klasslarda uchishni istamasligini namoyish etgan.

2015 yilning noyabrida feysbukda ham floridaliklar bu senatorning kamtarinligi haqida heshteglar bilan postlar yozishgandi.

"Berni Sanders biz bilan birga ekonom klassda uchmoqda. U biz soliq sifatida davlat xazinasiga to‘lagan pullarni tejamkorlik bilan sarflashda barchaga namunadir", deyilgandi postlardan birida.

Vermontlik senatorning tarafdorlari 29 dekabr kuni ham tvitterda #SandersOnaPlane heshtegi bilan tvitlar yozib, suratlar joylashtirishdi.

Suratlardan birida Sandersning AQSh prezidentligi saylovidagi raqiblarining oliy toifali klasslarda uchishga odatlangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan oldinroq, bu siyosatchi Time jurnali versiyasiga ko‘ra, "Yil kishisi" deb tan olingandi.

Top