18:06 / 30.12.2015
3937

AQShdagi hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan orangutan ko‘rsatildi

AQShning Tamp shahrida joylashgan hayvonot bog‘i yangi tug‘ilgan Borneo orangutanini namoyish qildi. Uning surati Lowry Park Zoo muassasasining Facebook’dagi sahifasida chop etildi.

Bolakay 21 dekabr kuni, Rojdestvo arafasida dunyoga keldi. Shu bois hayvonot bog‘i xodimlari uni Bolakay Santa deb atay boshlashdi. Orangutan bolasining laqabi Gojodir.
Hayvonot bog‘i mutaxassislari Gojoni “Rojdestvoga eng qimmatli sovg‘a” deb baholamoqda.
Gojoning onasi 30 yoshli Jozidir. Bu uning to‘rtinchi bolasi. Ukasining tug‘ilishini Jozining qizi, 10 yoshli Xadiya kuzatib turgan.

Shu tariqa, hayvonot bog‘ida orangutanlar soni 6 nafarga yetgan.

Top