17:54 / 30.12.2015
4829

Kosta-rikalik futbolchi o‘yin qoidasini buzgan raqibiga butsa otdi

Kosta-Rika chempionati doirasida "Alaxuelense" va "Deportivo Saprissa" jamoalari uchrashuvi vaqtida mezbonlar vakili Xonatan Makdonald o‘ziga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgan raqib futbolchisini o‘zi jazolashga qaror qildi.

U o‘zini yiqitishgach, hakam hushtak chalishidan oldinroq o‘rnidan turib, butsasini yechadi va qoidabuzarni nishonga oladi.

Bu voqea Kosta-Rika chempionati finalining javob uchrashuvida ro‘y bergan. O‘yinda Xonatan Makdonaldning jamoadoshlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra "Deportivo Saprissa" jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qilgan.

Top