09:52 / 30.12.2015
6357

O‘zbekistonda "Elektron-Do‘kon" dasturi ishlab chiqildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari "Elektron - Do‘kon" dasturini ishlab chiqishdi

Dastur do‘kondagi tovarlarning hisobini yuritish va ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ro‘yxatdan o‘tgan tovarlar haqidagi ma'lumotlarni on-line tartibida uzatish va respublika savdo tarmoqlari sohasida qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan.

Dastur do‘kondagi tovarlarning hisobini yuritish, olingan tovarlar haqida hisobini olib borish, ushbu ma'lumotlar asosida turli analitik materiallar tayyorlash va tovarlar haqidagi ma'lumotlarni uzatish imkoniyatlariga ega. Dastur axborot qidiruvi algoritmlari asosida tuzilgan.

Mualliflar - B.B.Mo‘minov, J.A.Tajiyev, O.S.Rajabboyev va O.R.Haydarovga ushbu dastur uchun № DGU 03332 raqamli guvohnoma berildi.

Top