12:52 / 30.12.2015
3953

Qoraqalpog‘istonda Damas mashinasi o‘g‘irlab ketildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIBga Ilyos ismli erkak murojaat qilib, Damas rusumli avtomashinasi o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qildi.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Ilyos mashinasini savdo majmuasi yonidagi avtomobillarni saqlash joyida qoldirib ketgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida tez orada mazkur jinoyatda gumon qilinib 36 yoshli bir erkak qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Top