17:48 / 30.12.2015
4644

Reyxstag qamalining eng keksa ishtirokchisi vafot etdi

Rossiyaning Bryansk viloyati Krasnaya Gora qishlog‘ida Reyxstag qamalida ishtirok etgan eng keksa ishtirokchisi Ivan Lisenko 98 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Faxriyning dafn marosimi 31 dekabr kuni qishloqning o‘zida o‘tkaziladi. Marosimga viloyat rahbariyati, shuningdek, faxriylar tashkilotlari mutasaddilari tashrif buyuradi.

Tarixchi German Goncharov bergan ma'lumotga qaraganda, Lisenko oddiy askar-razvedkachi Bulatovning qamal guruhi tarkibiga kirgan. Ushbu guruh 1945 yil 30 aprelda birinchi bo‘lib Reyxstagga yetib kelgan. Shu kunning o‘zida Lisenko bino tomidagi otliq skulpturaga qo‘lbola yalovni o‘rnatgan. Bu Reyxstag ustiga o‘rnatilgan birinchi yalov edi. Mixail Yegorov va Meliton Kantariyalarning mashhur bayrog‘i esa 1945 yilning 1 mayida o‘rnatilgan.

Top